O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda korxona va tashkilotlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.



Mazkur seminarda institut direktoti B.K. G’ayibnazarov o‘zlarining ma’ruzalari va taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Xususan, E-stat 4.0 onlayn axborot tizimi, 1 KB Korxona va tashkilotlarning yillik hisoboti va 1 FX Fermer xo‘jaligi tashkilotlarining yillik hisobot shakllari, ularni to‘liq to‘ldirish va statitika organlari taqdim etish masalalari bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi.



Seminar muhokamalar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berish mazmunida bo’lib o’tdi.








