O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda korxona va tashkilotlar uchun amaliy seminar tashkil etildi



Mazkur seminarda institutning "Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar" kafedrasining katta o'qituvchisi SH. R. Djumaniyazov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi boshlig’i S. F. Farmonov va Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi boshlig’i Sh. Sh. Shodiyev o'zlarining ma'ruzalari, video roliklari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.



Xususan, e-stat 4.0 onlayn axborot tizimi, 1 KB Korxona va tashkilotlarning yillik hisoboti va 1 FX Fermer xo‘jaligi tashkilotlarining yillik hisobot shakllari, ularni to‘liq to‘ldirish va statitika organlari taqdim etish masalalari bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi


Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berishdi. Seminar jarayoni qiziqarli va mazmunli o‘tdi.








