Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida, Namangan shahrida shu yilning 2527 - sentabr kunlariga mo‘ljallangan statistika yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 4 - martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 32 - bandida Statistika agentligiga hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining statistika yo‘nalishida savodxonligini oshirish maqsadida, shartnoma asosida, qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi tashkil etish vazifasi topshirilgan.

Davlat rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori talabini bajarilishini tizimli tashkil etish maqsadida, statistika bo‘yicha 20 soatlik maxsus o‘quv kursi dasturi ishlab chiqildi hamda Statistika agentligi direktori tomonidan 2024 - yil 19 - mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 4 - martdagi PQ-114-son qaroriga muvofiq 2024 - yilda hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida shartnoma asosida statistika yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursini tashkil etish va o‘tkazish reja - jadvali” tasdiqlandi.

Mazkur reja - jadvalga muvofiq va Statistika agentligi hamda Namangan viloyati hokimligining bevosita ko‘magida sayyor o‘quv kursi shu yilning 25 – 27 - sentabr kunlari uchun respublikamizning eng nufuzli va salohiyatli hududlaridan biri hisoblanadigan Namangan viloyatidagi statistik hisobotlarni topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari, korxonalar va tashkilotlar xodimlari uchun sayyor kurs tarzida tashkil etildi.

O‘quv kursi ishtirokchilari Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor - o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan tegishli o‘quv va tarqatma materiallar, shuningdek, 2023 – yilda tarmoqlar va hududlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik ma’lumotlari bilan ta’minlanadi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

 

Sayyor o‘quv kursidan fotolavhalar.

namangan1 namangan2namangan3namangan4 namangan5namangan6

O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech