Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 08.00.06- “Ekonometrika va statistika” hamda 08.00.14- “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha 2025 yilga tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchunMaslaxat soatiotkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Oliy o‘quv yurtidan keingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan talablar doirasida joriy yilning 13 noyabr kuni Institut direktori, professor B.K.G’oyibnazarov tomonidan 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” hamda 08.00.14-“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha 2025 yilga tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun “Maslaxat soati” o’tkazildi.

Hususan, talabgorlarning mutaxassislik fanidan kirish imtixonlariga tayorgarlik ko’rish doirasida sohalardagi ilmiy va amaliy yo’nalishlarda so’nggi yangiliklar, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi va talabgorlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech